Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda bir sutkada 55 ming kishida koronavirus aniqlandi

A A A
AQShda bir sutkada 55 ming kishida koronavirus aniqlandi

Qo‘shma shtatlarda yangi tipdagi koronavirusni yuqtirib olganlar soni o‘tgan bir sutkada 55 ming kishida aniqlandi.

Aniqroq aytganda, o‘tgan 24 soat ichida AQShda 55 054 ta yangi COVID-19 qayd etildi, bemorlar orasida esa 952 ta o‘lim holati aniqlandi

Bir kun avval 44 110 kishi kasallanib, 914 kishi vafot etgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya davomida AQShda jami 7 million kishi koronavirusni yuqtirib olgan bo‘lib, 203 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Dunyo bo‘yicha esa 32,5 million kishi koronavirusga chalingan, 989 ming kishi COVID-19 tufayli vafot etgan, 22,5 million kishi tuzalgan.

Kiritildi: 16:03 27.09.2020. O'qildi: 2136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik