AQShning Merilend shtatida 58 yoshli erkak cho‘chqaning yuragi transplantasiyasidan so‘ng vafot etdi. Shu bilan birga, bemor murakkab operasiyadan so‘ng deyarli ikki oy yashashga muvaffaq bo‘ldi va hatto reabilitasiyada “sezilarli yutuqlarga” erishdi.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari faxriysi Lourens Fosett sentabr oyi o‘rtalarida yurak yetishmovchiligining so‘nggi bosqichi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Sog‘lig‘i an’anaviy transplantasiya uchun yaroqsiz deb topildi, shuning uchun u genetik modifikasiyaga uchragan hayvon organini ko‘chirib o‘tkazishga rozi bo‘ldi.
Operasiyadan so‘ng erkak nafaqat omon qola oldi, balki tiklanishni ham boshladi. Biroq so‘nggi kunlarda uning ahvoli yomonlashdi va shifokorlarning urinishlariga qaramay, Fosett vafot etdi.