Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShda anomal darajada yirik chaqaloq dunyoga keldi

AQShda anomal darajada yirik chaqaloq dunyoga keldi

Amerikalik ayol vazni yetti kilogrammga yaqin bo‘lgan qizaloqni dunyoga keltirdi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Amerikaning Nyu-York shtatidagi Elmir shahridagi tug‘ruqxonalardan birida tug‘ilgan qizaloqning bo‘yi 59 santimetrni, og‘irligi 6,9 kilogrammni tashkil etdi. Shifokorlar butun tajribalari davomida bunday ulkan chaqaloqni hali ko‘rmaganliklarini ma’lum qilishdi.

Aksariyat hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar mazkur qizaloqdan ikki barobar kichkina bo‘lishadi. Qizchaning onasi Joy Bakli (Joy Buckley) tug‘ruqni og‘ir o‘tkazgan. Uch nafar shifokor ayolni kesarcha kesish usuli bilan operasiya qilishganiga qaramay, ayol tug‘ruq jarohatlarini olgan.

Ayni paytda ona va bola shifokorlar nazoratida.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 23:00 20.03.2019. O'qildi: 4517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!