Qo‘shma Shtatlarda AQSh klubiga qarashli Costco ulgurji gipermarketi uchun mo‘ljallangan jonli omarlarning 400 ming dollarlik jo‘natmasi o‘g‘irlab ketildi.
Bu haqda Fox News manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Rexing Companies logistika kompaniyasi bosh direktori Dilan Reksingning ma’lum qilishicha, omar yuki Massachusets shtatining Taunton shahridan Illinoys va Minnesota shtatidagi Costco do‘konlariga ketayotgan bo‘lsa-da, lekin hech qachon manziliga yetib bormagan. Reksing, shuningdek, o‘g‘irlik uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilgan, deb taxmin qilgan.
Federal qidiruv byurosi allaqachon tergov boshlagan.