Eron bilan keskinlikning kuchayishi fonida AQSh Yaqin Sharqda harbiy mavjudligini oshirishda davom etmoqda, deb yozmoqda The War Zone
Ma’lum qilinishicha, Vashington Yaqin Sharqqa qo‘shimcha ravishda raketa esminesi va RC-135V Rivet Joint radioelektron razvedka samolyotini yuborib, raketaga qarshi mudofaa va razvedka ma’lumotlarini yig‘ish imkoniyatlarini kuchaytirdi.
"CENTCOM mas’uliyatidagi hududda hozirda taxminan 10 ta AQSh harbiy kemasi mavjud. Bu kuchlar birikmasi Qo‘shma Shtatlarning jangovar tayyorgarligi yuqori darajada ekanligini va harbiy operasiyaga o‘tkazishga tayyorligini bildiradi", deyiladi maqolada.
Avvalroq, Tramp Tehron va Vashington bilan yadroviy kelishuvga erishmasa, AQShning “ulkan armada”si Eronga nisbatan kuch ishlatishini ma’lum qilgan edi.