Donald Tramp ma’muriyati xorijiy filmlarga 100% bojxona to‘lovi joriy etilishini e’lon qildi. AQSh prezidenti yakshanba kuni tegishli bayonot bilan chiqib , xorijiy kinoni “milliy xavfsizlikka tahdid” deb atadi, deb yozadi “TASS” .
"Amerika kino sanoati tezda nobud bo‘lmoqda. Boshqa davlatlar rag‘batlar taklif qilib, bizning rejissyorlarimiz va studiyalarimizni o‘zlariga tortmoqda. Gollivud va AQShning boshqa sanoati bankrot bo‘lmoqda. Bu xavfsizlikka xavf tug‘diruvchi va propagandani tarqatuvchi rejalashtirilgan hujumdir", - dedi Tramp .
Prezident Savdo departamenti va AQSh Savdo vakiliga barcha xorijiy filmlarga boj joriy etish jarayonini zudlik bilan boshlashni topshirdi.
"Biz boshqa odamlarning hikoyalari bizning qadriyatlarimizga putur yetkazishiga yo‘l qo‘ymaymiz", deya qo‘shimcha qildi u.