Xitoy Tashqi ishlar vaziri Vang Ining aytishicha, AQShda mamlakatga qarshi yangi "siyosiy virus" tarqatmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.
"Epidemiya hali tugamagan bo‘lsa-da, AQSh "siyosiy virus" ham tarqatayotgani afsuslanarli", — dedi vazir.
Uning ta’kidlashicha, Pekin koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda yolg‘on va fitna uyushtirganlikda ayblanishda davom etmoqda.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy koronavirusning butun dunyo bo‘ylab tarqalishiga yo‘l qo‘yganini aytgandi.