Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Xitoyga bosim o‘tkaza olmayapti

AQSh Xitoyga bosim o‘tkaza olmayapti

Polsha Xalqaro munosabatlar instituti (PISM) AQSh va Xitoy o‘rtasidagi muzokaralar natijalarini tahlil qilib, Vashingtonning Pekinga bosim o‘tkazish imkoniyatlari cheklangan, degan xulosaga keldi.

Ekspertlarga ko‘ra, Donald Tramp va Si Szinpin uchrashuvida savdo sohasida ma’lum natijalarga erishilgan va ikki davlat muloqotni kengaytirishga kelishgan. Biroq ilg‘or texnologiyalar, strategik resurslar va Tayvan masalasidagan majburiyatlari doirasida AQSh mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarni to‘liqgi asosiy kelishmovchiliklar saqlanib qolgan.

PISM, shuningdek, Xitoy avval olgan majburiyatlari doirasida AQSh mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarni to‘liq bajarmayotganiga e’tibor qaratgan.

Tayvan masalasida esa AQSh siyosati noaniqligicha qolmoqda. Trampning orolga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berishni kechiktirishi Vashington bu masaladan Pekin bilan muzokaralarda vosita sifatida foydalanayotganini ko‘rsatishi mumkin.

PISM tahlilchilarining ta’kidlashicha, AQSh va Xitoy munosabatlaridagi «strategik barqarorlik» haqidagi bayonotlar ikki davlat o‘rtasidagi raqobat mohiyatini o‘zgartirmaydi. Yevropa esa muhim resurslar ta’minotini diversifikasiya qilishi va o‘z bozorini himoya qilish choralarini kuchaytirishi kerak.

Kiritildi: Bugun 12:42. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!