Falastinning XAMAS harakati Qo‘shma Shtatlardan hech bo‘lmaganda bir nechta kichik qurollarni cheklangan vaqt davomida saqlab qolish uchun ruxsat olishi mumkin.
Bu haqda The New York Times manbalarga tayanib xabar berdi.
Ushbu manbalarga ko‘ra, Vashington XAMASdan Isroilga hujum qila oladigan barcha qurollarni topshirishni talab qiladi, ammo harakatga vaqtincha bir nechta kichik qurollarni saqlab qolishga ruxsat berishi mumkin. AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushner, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Yaqin Sharq tinchlik jarayoni bo‘yicha sobiq BMT maxsus koordinatori Nikolay Mladenovdan iborat muzokaralar guruhi kelgusi haftalarda ushbu taklifni XAMASga taqdim etadi. Uning qoidalari yakunlanmagan va o‘zgartirilishi mumkin, deb ta’kidladi gazeta.