OFAC sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan yangilanishda VTBning Eron bilan aloqasi qayd etilgan. Biroq idora qarorning batafsil asoslarini ochiqlamadi.
VTB AQSh sanksiyalari ostida 2014 yildan beri qolmoqda. Dastlab bankka nisbatan sohaviy cheklovlar joriy etilgan bo‘lsa, 2022 yil fevral oyida u SDN ro‘yxatiga kiritilgan.
Ushbu maqom AQSh yurisdiksiyasidagi bank aktivlarini bloklash va AQSh fuqarolari hamda kompaniyalarining VTB bilan operasiyalar amalga oshirishini taqiqlashni nazarda tutadi.