Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Venesueladan sanksiyalarning bir qismini olib tashlaydi

AQSh Venesueladan sanksiyalarning bir qismini olib tashlaydi

Bundan maqsad neft savdosini osonlashtirish, dedi AQSh moliya vaziri.

Skott Bessent Venesuelaga nisbatan qo‘llanilgan ayrim sanksiyalar kelasi haftadayoq bekor qilinishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, u Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki rahbarlari bilan uchrashib, Karakas bilan hamkorlikni qayta tiklash masalasini muhokama qilishni ham rejalashtirganini bildirdi.

Bessent Reuters agentligiga bergan intervyusida Xalqaro valyuta jamg‘armasining muzlatilgan deyarli 5 milliard dollarlik zaxira aktivlari Venesuela iqtisodiyotini tiklashga yo‘naltirilishi mumkinligini aytgan.

Qayd etilishicha, Venesuela Xalqaro valyuta jamg‘armasidan dollarga ayriboshlanishi mumkin bo‘lgan 3,59 milliardga yaqin maxsus qarz olish huquqiga ega.

Bundan tashqari, AQSh Moliya vazirligi hozirda katta qismi kemalarda saqlanayotgan Venesuela neftini sotishdan tushgan daromadni Karakasga qaytarish imkonini o‘rganmoqda.

Kiritildi: 20:57 11.01.2026. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!