Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Venesuela sohillarida "narkoterrorchilarga tegishli" qayiqqa zarba berdi

A A A
AQSh Venesuela sohillarida "narkoterrorchilarga tegishli" qayiqqa zarba berdi

AQSh 14 oktyabr kuni Venesuela qirg‘oqlari yaqinida yana bir qayiqqa zarba berdi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Trampga tayanib, BBC xabar berdi.

Trampga ko‘ra, qayiq giyohvand moddalar savdosiga aloqador narkoterrorchilarga tegishli bo‘lgan. Hujumdan oldin razvedka xizmatlari bu kema noqonuniy giyohvandlik tarmog‘i bilan bog‘liq ekanini tasdiqlagan.

Tramp ma’muriyati so‘nggi bir necha oy ichida xalqaro suv maydonida, xususan, Karib havzasida beshinchi bor qayiqlarga zarba bermoqda. Jumladan, sentyabr oyidan beri jami 27 kishi halok bo‘lgani qayd etilgan. Biroq AQSh hozirgacha bu kemalar yoki ularning ekipaji haqida aniq ma’lumot bermagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda zarba aks etgan videolar ham tarqalgan. Rasmiylar qayiqdagi qurbonlar kim bo‘lgani yoki qaysi davlatga mansub ekanini ochiqlamagan. Ayrim huquqshunoslar bu hujumlarni xalqaro qonunlarga zid deb baholamoqda. Qo‘shni davlatlar — Venesuela va Kolumbiya ham bu harakatlarni tanqid qilmoqda.

Kiritildi: 23:59 15.10.2025. O'qildi: 1429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!