Vashington va Kiyev muzokaralarning navbatdagi raundini shu hafta oxirida "Qo‘shma Shtatlarning biror joyida", ehtimol Mayamida o‘tkazishi mumkin.
Bu haqda AQSh rasmiysiga tayanib, Axios nashri xabar berdi.
Muzokaralarda ikki davlat ishchi guruhlari va harbiy xizmatchilar ishtirok etadi. Delegasiyalar "xaritalarni o‘rganadi", dedi rasmiy.
15 dekabr kuni tushdan keyin Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va AQSh yetakchisining kuyovi Jared Kushner o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Birinchi uchrashuv bir kun oldin bo‘lib o‘tdi va besh soatdan ortiq davom etdi.