Razvedka Eronga zarba berish nishonlarini belgilashda bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘ydi, bu esa AQSh va Isroilning Tehron bilan urushining birinchi kunida Minab shahridagi maktabga hujum qilinishiga olib keldi, deb xabar bermoqda Bloomberg manbalariga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hali 2019 yildayoq ehtimoliy nishonlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rgangan razvedka tahlilchisi Minabdagi ob’ektda o‘zgarishlarni sezib qolgan. AQSh ushbu ob’ektni Eron qurolli kuchlari elita bo‘linmasining harbiy-dengiz bazasi deb hisoblab kelgan, aslida esa u yerda boshlang‘ich maktab joylashgan edi. U bu o‘zgarishlarni raqamli razvedka vositasi yordamida aniqlagan, biroq u rasmiy razvedka ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lanmagan edi.
Keyinchalik bu ob’ekt bir necha bor tekshirilgan, ammo nishonlar bazasi yangilanmagan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu faktlar Pentagonning maktabga qilingan zarba yuzasidan olib borayotgan tekshiruvida mavjud, biroq uning natijalari oshkor etilmagan. Muassasa tekshiruv hamon davom etayotganini ma’lum qildi, deyiladi xabarda.