Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh va G7 Rossiya aktivlarini Ukrainaga o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganmoqda - Davlat departamenti

AQSh va G7 Rossiya aktivlarini Ukrainaga o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganmoqda - Davlat departamenti

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish uchun G7 hamkorlari, shu jumladan Yaponiya bilan ishlashda davom etmoqda. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Vedant Patel brifingda ma’lum qildi.

«Biz koalisiyamiz tarkibiga kiruvchi turli mamlakatlarda mavjud bo‘lgan turli huquqiy va sud tizimlarida qanday variantlar va yo‘llar mumkinligini o‘rganmoqdamiz», dedi Davlat departamenti vakili.

Patel Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilsa, AQSh bilan diplomatik munosabatlar maqomi pasayishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga izoh bermadi, deya aniqlik kiritadi «TASS».

Kiritildi: 18:59 26.04.2024. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!