Livan bo‘yicha yangi mexanizm Isroilni jarayondan chetda qoldirishi va uning harbiy harakatlarini cheklashi mumkin.
AQSh va Eron Shveysariyada o‘tkazilgan muzokaralar davomida Livan masalasi bo‘yicha yangi muvofiqlashtirish mexanizmini kelishib oldi. Channel 12 telekanali ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mexanizm Isroil ishtirokini nazarda tutmaydi va uning armiyasi imkoniyatlarini jiddiy darajada cheklaydi.
Gap Livan bo‘yicha yangi tartibga solish formati haqida bormoqda. Xabar qilinishicha, unda Pokiston, Qatar, AQSH, Eron va Livan ishtirok etadi. Bunda Isroil, 2024 yildagi avvalgi mexanizmdan farqli o‘laroq, yangi tarkibga kiritilmagan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yangi sxema doirasida Isroil kuchlariga faqat «muqarrar tahdidlar»ga javoban harakat qilishga ruxsat beriladi. Ilgari esa «shakllanayotgan tahdidlar» ham asos sifatida qabul qilinib, bu harbiy zarbalar va hujumlar uchun ancha keng imkoniyat yaratar edi.
Avvalroq AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens yangi mexanizm yaratilganini tasdiqlab, muzokaralarda Livan, Isroil, «Hizbulloh» harakati va boshqa mintaqaviy hamkorlar ishtirok etishini bildirgan edi. Biroq u tashabbusning aniq tafsilotlarini oshkor qilmagan.