Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh va Britaniya Yamandagi husiylarga zarba berdi

AQSh va Britaniya Yamandagi husiylarga zarba berdi

AQSh va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari husiylarning «Ansor Alloh» harakati nazorati ostidagi Yamanning Al-Hodeyda viloyatiga yangi zarba berdi.

Bu haqda "Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, As-Salif qirg‘oq mintaqasidagi Ras-Isa portiga yaqin joylar hujumga uchragan.

Telekanal ushbu hujum oqibatlarini oshkor qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning G‘azo sektoridagi qirg‘ini boshlangandan keyin «Ansor Alloh» Isroil hududiga hujum qilib, Isroil bilan bog‘liq kemalarni Qizil dengiz va Bob al-Mandab suvlari orqali o‘tkazmaslik bilan tahdid qilgan edi.

Kiritildi: 07:46 01.05.2024. O'qildi: 1531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!