Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh O‘mon ko‘rfazidagi savdo kemasiga zarba berdi

AQSh O‘mon ko‘rfazidagi savdo kemasiga zarba berdi


AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qilishicha, Panama bayrog‘i ostida suzib yurgan M/V Ocean Molica kemasi Eron portlariga kirish va chiqishni cheklovchi dengiz blokadasini buzishga uringan.

Qo‘mondonlik bayonotiga ko‘ra, ogohlantirishlarga javob berilmaganidan so‘ng kemaning orqa qismiga zarba berilgan. Oqibatda uning harakatlanish tizimi ishdan chiqqan. Ekipaj a’zolari jabrlanmagan.

CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, blokada boshlanganidan buyon to‘rtta savdo kemasi harakatdan to‘xtatilgan, yana 135 ta kema esa yo‘nalishini o‘zgartirib, ortga qaytgan.

Shuningdek, AQSh harbiylari Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yashirin tarmog‘iga aloqador deb hisoblangan 10 ta tanker yo‘q qilinganini bildirgan.

Kiritildi: 15:50 11.10.2026. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!