Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini beradi

AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini beradi

Vladimir Putin bilan uchrashuvdan bir necha kun o‘tgach, AQSh prezidenti Vladimir Zelenskiyga Ukraina jiddiy xavfsizlik kafolatlarini olishini ma’lum qildi. Biroq Tramp Ukraina buning evaziga nimani ta’minlashi kerakligini aniqlashtirmadi.

«Sezilarli qadamlar tashlandi», - deb e’lon qildi AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Zelenskiyni kutib olar ekan.

Tramp, shuningdek birinchi marta AQSh Ukrainaning xavfsizlik kafolatlarini o‘z zimmasiga olishi mumkinligini qayd etdi.

«Evropa – birinchi mudofaa chizig‘i. Lekin biz ham yordam qilamiz, ishtirok etamiz», – dedi Tramp Ukrainada amerikalik tinchlikparvar kuchlarning mavjudligi g‘oyasini rad etmasdan.

Zelenskiy xavfsizlik kafolatlari «juda yaxshi suhbat»ning muhim qismi bo‘lganini tasdiqladi.

Tramp va Zelenskiy ikki tomonlama uchrashuvni yakunlagandan keyin, ularga yetti nafar Yevropa yetakchilari qo‘shildi. Ular Yevropaning huddi Ukraina kabi Trampning tinchlik shartnomasi tuzish bo‘yicha sa’y-harakatlarini ham qo‘llab-quvvatlashini namoyish etish uchun Vashingtonga borishgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, ular bilan Kiyevga kafolatlar berish ma’nosida «kim va nima qilishi» masalasi muhokama qilindi.

Shu bilan birga, amerikalik siyosatchilarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga bunday kafolatlar berishga rozilik bildirgan. Hatto bu NATOning 5-moddasiga o‘xshash mudofaa shartnomasi bo‘lsa ham.

Biroq Rossiya hanuzgacha Ukrainaning NATOga qo‘shilishi va Alyans qo‘shinlarining uning hududida joylashishiga qat’iy qarshi.

«Bu nazorat qilib bo‘lmaydigan eskalasiyaning kuchayishi va oldini olib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin», – deya munosabat bildirgandi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Kiritildi: 18:10 19.08.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!