AQSh Ukrainaga "juda muhim" harbiy yordam paketini e’lon qilmoqchi . Bu haqda Pentagonning yuqori martabali vakili ma’lum qildi , deya xabar beradi RIA Novosti .
Uning qayd etishicha, yetkazib berish USAI dasturi doirasida amalga oshiriladi. Mudofaa vazirligi vakili Kiyevga Amerika omborlaridan qurol yuborilganiga ham izoh berib , Ukraina qo‘shinlari ularga va’da qilingan qurollarni hali to‘liq olmaganini tan oldi. Unga ko‘ra, Vashington haligacha e’lon qilingan yordamning 10-20 foizini o‘tkazmagan.