AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish haqidagi va’dasini bajarishi kerak. Bu haqda respublikachi senator Lindsi Grem Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi .
Uning qayd etishicha, hozir mamlakatda uning xavfsizligiga tahdid solayotgan millionlab noqonuniy migrantlar bor. "Kechikishning har bir kuni Amerika uchun tahdiddir", deb ta’kidladi senator.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp avvalo chegaradagi muammolarni hal qilishi kerak, chunki aks holda mamlakat milliy xavfsizligi “dahshatli tush”ga duch keladi.