Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

AQSh tomonidan sotib olingan hududlarni bilasizmi?

 AQSh tomonidan sotib olingan hududlarni bilasizmi?

- 1803 yilda AQSh prezidenti Tomas Jefferson Fransiyadan Yangi Orleanni sotib olishni rejalashtirdi, ammo oxir-oqibat AQSh maydoni 2,1 million kvadrat kilometr bo‘lgan butun Luiziana mustamlakasiga 15 million dollar (hozirgi kurs bo‘yicha 430,3 million dollar) evaziga ega bo‘ldi. Mamlakat hududi ikki barobar kengaydi. Hozir bu yerlarda 15 ta shtat bor.

- 1819 yilda AQSh Ispaniyadan Floridani 5 million dollar (hozirgi kurs bo‘yicha 127,6 million dollar) kompensasiya evaziga oldi.

- 1845 yilda AQSh Mekcikadan Texasni 18,3 million dollar (hozirgi kurs bo‘yicha 778,3 million dollar) kompensasiya evaziga oldi.

- 1848 yilda Meksika bilan bo‘lgan urushdan so‘ng, AQSh kelajakdagi Kaliforniya va Nevada kabi ulkan hududlarni qo‘lga kiritdi. 1854 yilda temir yo‘l qurilishi uchun AQSh Mekcikadan 10 million dollar (hozirgi kurs bo‘yicha 385,9 million dollar) evaziga Mesilla hududini sotib oldi (Gadsden shartnomasi).

- 1867 yilda AQSh Rossiya imperiyasidan Alyaskani 7,2 million dollar (hozirgi kurs bo‘yicha 157,7 million dollar) evaziga sotib oldi - tanqidchilar masxara qilgan kelishuv keyinchalik Vashingtonga juda boy resurslar olib keldi va hududning o‘zi 49-shtatga aylandi.

- 1917 yilda Vashington Daniya bilan hozircha yagona muvaffaqiyatli bitimni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. AQSh mintaqada harbiy ishtirokini kuchaytirish maqsadida Karib dengizidagi Virjiniya orollarining bir qismini 25 million dollar (hozirgi kurs bo‘yicha 633,1 million dollar) evaziga sotib oldi. Bugungi kunda bu AQShning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega bo‘lgan nodavlat hududi hisoblanadi. (https://telegra.ph/A%D2%9ASH-tomonidan-sotib-olingan-%D2%B3ududlar-01-23)

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!