AQSh harbiylari Tinch okeanining sharqida giyohvand moddalar tashish uchun ishlatiladigan kemaga zarba berdi.
Bu haqda AQSh Janubiy qo‘mondonligi (SOUTHCOM) ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda bir giyohvand moddalar savdogari halok bo‘lgan.
"SOUTHCOM" qo‘mondoni general Frensis Donovanning ko‘rsatmasi bilan 16 iyun kuni "Southern Spear" qo‘shma maxsus kuchlari kemaga zarba berdi... Razvedka kemaning Tinch okeanining sharqiy qismida giyohvand moddalar kontrabandasi yo‘llarini kuzatib borayotganini va giyohvand moddalar savdosi uchun foydalanilayotganini tasdiqladi", deyiladi bayonotda.
SOUTHCOMning aniqlik kiritishicha, operasiya davomida AQSh harbiy xizmatchilaridan hech biri jarohatlanmagan.