Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQSh tan oldi

AQSh tan oldi

AQSh Kongressi Rossiyaga qarshi sanksiyalar siyosati muvaffaqiyatsizligini tan oldi. Bu haqda “The National Interest” yozmoqda.

Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, Kongressda “Rossiya va uning tarafdorlariga bosim o‘tkazish: AQSh sanksiyalari ko‘lami va keyingi qadamlarni o‘rganish” mavzusidagi tinglov bo‘lib o‘tgan, unda sanksiya dasturini ishlab chiqish masalasi muhokama qilinishi rejalashtirilgan edi, biroq kongressmenlar va Moliya vazirligi vakillari va AQSh Davlat departamenti “Putin barqaror ko‘rinadi” degan xulosaga kelgan.

“Sanksiyalar bilan bog‘liq muammo shundaki, ular qo‘llanilmagan yoki yetarlicha ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilmagan, AQSh va Yevropadan tashqaridagi juda ko‘p davlatlar Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘llashdan qochgan. Yana bir muammo shundaki, sanksiyalarning aniq maqsadlari qanday bo‘lishi kerakligi haqida haligacha kelishuv mavjud emas”, deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, tinglovlarda Rossiyaga qarshi sanksiyalar siyosatining muvaffaqiyatsizligi sabablari haqidagi asosiy masala muhokama qilinmagani ta’kidlanmoqda. Respublikachi senator Mitt Romnining qayd etishicha, na bu jihat, na Rossiyaga qarshi sanksiyalarning jahon bozori uchun mumkin bo‘lgan oqibatlari to‘g‘ri ko‘rib chiqilmagan.

“Menimcha, biz Kongressda va milliy ongimizda sanksiyalar oqibatlari nimaga olib kelishi mumkinligini aniqroq baholashimiz kerak”, dedi Romni.

Rossiyaning Ukrainani demilitarizasiya va denasifikasiya qilish bo‘yicha maxsus operasiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlari muzlatilishini e’lon qildi va Rossiyadan energiyadan voz kechish yo‘llarini ishlab chiqishga kirishdi. Bu choralar Yevropa va Qo‘shma Shtatlar uchun muammo bo‘lib, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.

Kiritildi: 09:26 01.10.2022. O'qildi: 12039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!