Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi

AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi

AQSh Suriyada qolgan harbiylarini mamlakatdan olib chiqishni boshladi. Bu haqda AQSh OAVlariga tayanib xabar berilmoqda.

Gap taxminan 1000 nafarga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi haqida ketmoqda. Ularni olib chiqish jarayoni taxminan ikki oy davom etishi taxmin qilinmoqda.

"The Wall Street Journal" nashri hukumatdagi manbalariga tayanib yozishicha, bu AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq emas. AQSh harbiy kontingentini Suriyadan olib chiqib ketishi haqida hali yanvar oyida gaplar yurgan edi.

Qayd etish joizki, 2026 yilning fevral oyida Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Sharaa hukumatiga bo‘ysunuvchi armiya bir nechta Amerika harbiy bazalarini nazorat ostiga olgan.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!