Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Suriyada "Al-Qoida" yetakchisi o‘ldirilganini e’lon qildi

AQSh Suriyada "Al-Qoida" yetakchisi o‘ldirilganini e’lon qildi

AQSh Suriyada "Al-Qoida" yetakchilaridan biriga havo hujumi uyushtirdi, natijada u o‘ldirildi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi xabar berdi.

“Bugun Suriya shimoli-g‘arbida uyushtirilgan havo hujumi" Al-Qoida"ning yuqori martabali rahbari Abdul Hamid al-Matarni yo‘q qildi. Bizda havo hujumida yaralangan tinch aholi haqida ma’lumotlar yo‘q”, dedi qo‘mondonlik vakili, mayor Jon Rigsbi.

Havo zarbasi MQ-9 dronidan berilgan.

Qo‘mondonlikning ta’kidlashicha, bu yuqori martabali jangarining o‘ldirilishi “terrorchi tashkilotning global hujumlarni yana rejalashtirish va amalga oshirish qobiliyatiga putur yetkazadi”.

Kiritildi: 09:22 23.10.2021. O'qildi: 3750 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!