Bu haqda WSJ xabar berdi.
AQSh federal sudi "xAI" kompaniyasining "OpenAI"ni maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinishda ayblagan da’vo arizasini rad etdi, deya xabar bermoqda "The Wall Street Journal".
Sudning fikricha, da’vogarda "OpenAI" kompaniyasi Ilon Mask kompaniyasining sobiq xodimi bilan "Grok" chat-boti ishlanmalariga oid maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun til biriktirganligi hamda ushbu xodim "OpenAI"ga ishga o‘tish bo‘yicha muzokaralar paytida tijorat sirlarini oshkor qilganligi to‘g‘risida hech qanday dalil mavjud emas.
Sudya, shuningdek, kompaniyaning ishni qayta ko‘rib chiqishga erishishga bo‘lgan urinishlarini taqiqladi va da’vo arizasini yanada takomillashtirishdan hech qanday naf yo‘qligini ma’lum qildi.