Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga chaqirdi

AQSh senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Amerikalik demokrat senatorlar guruhi Donald Tramp ma’muriyatiga murojaat qilib, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga majburlash uchun bosim o‘tkazishni so‘radi.

AQSh senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga chaqirdi“Biz Tramp ma’muriyatini bosh vazir Netanyaxuga ta’sir o‘tkazishning barcha imkoniyatlaridan foydalanishga undaymiz”, deyiladi murojaatda.

Ta’kidlanishicha, senatorlar Netanyaxu HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishishi kerak, deb hisoblaydi. Bu “garovdagilarni iloji boricha tezroq ozod qilish” imkonini beradi.

Senatorlarning fikricha, G‘azodagi Gumanitar jamg‘armani yopish va G‘azoda BMT rahbarligidagi yordamni muvofiqlashtirish bo‘yicha mavjud mexanizmlarni qo‘llab-quvvatlashni tiklash lozim.

Senatorlar G‘azoni urushdan keyingi tiklash rejasini ishlab chiqish zarur, deb hisoblaydi. Bu rejaga ko‘ra, HAMAS hokimiyatni saqlab qolmaydi, Isroil G‘arbiy Sohilni o‘ziga qo‘shib olishdan voz kechadi va mintaqaga integrasiyalashuvni davom ettiradi, isloh qilingan Falastin ma’muriyati esa tegishli vakolatlarga ega bo‘ladi.

Murojaatni senatorlar Jek Rid, Dik Durbin, Jin Sheyxin, Mark Uorner, Kris Kuns va Brayan Shas imzolagan.

Kiritildi: 22:55 26.07.2025. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!