Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh senatori Trampga elchilarni almashtirishni maslahat berdi

AQSh senatori Trampga elchilarni almashtirishni maslahat berdi

Amerikalik demokrat senator Richard Blumental fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga oid tinchlik muzokaralarida ishtirok etayotgan muzokarachilar Stiv Vitkoff va Jared Kushnerni almashtirishi lozim. Blumentalning aytishicha, Tramp Ukrainani xavfsizlik kafolatlarisiz tinchlik bitimini tezda imzolashga undamoqda. “U Ukrainani adolatsiz hududiy imtiyozlarga majburlab, zarur harbiy yordamdan mahrum qilmoqda. Bu meni chuqur xavotirga soladi”, — dedi senator. U muzokaralarni sharhlar ekan, Vitkoff va Kushnerning Ukrainga nisbatan noxolis bo‘lib ko‘rinayotganini, ularning amalda Rossiya tarafida harakat qilayotgandek tuyulishini ta’kidladi. “Trampga yangi vakillar kerak, hozirgi elchilar tinchlik jarayonini xavf ostiga qo‘ymoqda”, — dedi Blumental. Shuningdek, senator Trampning Ukrainada saylov o‘tkazish zarurati haqidagi bayonotini tanqid qildi: “U Putinni tinchlantirishga harakat qilmoqda, ammo saylovlar bu ishni davom ettirishning yana bir qadami. Putin saylov o‘tkazmaydi, Zelenskiyga ham bu kerak emas”, — dedi u. Financial Times xabar berishicha, Tramp Rojdestvo arafasida kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Shu bilan birga, The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Tramp jamoasi Ukrainani Rossiya bilan kelishuv tuzishga majburlamayapti.

Kiritildi: Bugun 15:19. O'qildi: 156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!