AQSh Senatidagi hukmron Respublikachilar partiyasi yetakchilari Mudofaa vaziri Pit Xegsetning kadrlar siyosati, Eron bilan urushga yondashuvi va uni moliyalashtirish uchun demokratlarning qo‘llab-quvvatlashini ta’minlashga urinmasligidan norozilik bildirmoqdalar.
Bu haqda The Hill nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Xegset va nufuzli respublikachilar o‘rtasidagi ziddiyatlar shu kuzda AQSh ma’muriyati Kongressdan Eron bilan urushning ortib borayotgan xarajatlarini qoplash uchun 70 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishni so‘raganida avj nuqtasiga yetishi mumkin.
Respublikachilar Pentagon rahbaridan armiya kotibi Daniel Driskoll va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarning iste’fosi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot talab qilish niyatida.
Ba’zi respublikachi qonun chiqaruvchilar Xegsetni qobiliyatsizlikda ayblamoqda va AQSh prezidenti Donald Trampni uni ishdan bo‘shatishga chaqirmoqda.