Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Senati Pentagon yangi rahbarini tasdiqladi

A A A
AQSh Senati Pentagon yangi rahbarini tasdiqladi

AQSh Senati Pit Xegsetni mudofaa vaziri lavozimiga tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, bu nomzod bo‘yicha yuqori palatadagi fikrlar teng bo‘lingan, shu sababli AQSh vise-prezidenti Jeyms Devid Vens o‘z ovoz berish huquqidan foydalangan. AQSh Konstitusiyasiga ko‘ra, u Kongressning yuqori palatasiga raislik qiladi.

44 yoshli Xegset AQSh Qurolli kuchlari faxriysi va jangovar harakatlar ishtirokchisidir. U quruqlikdagi kuchlarda mayor unvoni va harbiy ordenga ega. U zobitlik unvonini o‘zining tug‘ilgan Minnesota shtatidagi Milliy gvardiyadagi xizmati orqali olgan.

Bundan tashqari, Xegset Fox News telekanalida sakkiz yil boshlovchi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u bir nechta kitoblar yozgan va ikkita faxriylar huquqlarini himoya qilish tashkilotiga rahbarlik qilgan. Prinston va Garvard universitetlarida tahsil olgan.

Kiritildi: 10:51 25.01.2025. O'qildi: 1025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!