Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Rossiyaning talabini bajarmadi

AQSh Rossiyaning talabini bajarmadi

AQSh Rossiyaga Nyu-Yorkdagi musodara qilingan diplomatik mulkni qaytarib berishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiya Federasiyasining BMTdagi doimiy vakilining o‘rinbosari Gennadiy Kuzmin ma’lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Kuzminning aytishicha, Nyu-York shtati COVID-19 epidemiyasi tufayli favqulodda holat e’lon qilganida, Rossiya diplomatik mulk "koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq xavfni kamaytirish uchun" qaytarib berilishini so‘ragan.

"Shu munosabat bilan og‘zaki nota yuborildi", – dedi diplomat.

Biroq Vashington Rossiya missiyasi ijobiy javob kutmasligi kerakligini aytdi. Shunday qilib, siyosiy sabablar gumanitar masalalardan ustun keldi.

Kuzminning ta’kidlashicha, Amerika tomonining bunday harakatlari mezbon mamlakat to‘g‘risidagi kelishuvni buzmoqda.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda Rossiya San-Fransiskodagi Bosh Konsullikni, Vashingtondagi savdo vakolatxonasini va Nyu-Yorkdagi savdo vakolatxonasini yo‘qotgandi. Davlat Departamentining iltimosiga binoan ular AQSh mulkiga qaytarildi. Moskva bunday xatti-harakatlarni nomuvofiq harakat deb atab, sudga murojaat qilgan.

Kiritildi: 14:54 06.06.2020. O'qildi: 3927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!