Qo‘shma Shtatlar hali Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vositachi rolidan voz kechayotgani yo‘q, ammo mojarolarni hal qilish jarayonida oldinga siljish bo‘lmasa, vaziyat o‘zgaradi, dedi Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus.
"Bizning pozisiyamiz hozircha o‘zgarmaydi. Biroq, agar biror taraqqiyot bo‘lmasa, bu o‘zgaradi. Va bu o‘zgarish vositachi sifatidagi harakatlarimizga taalluqlidir. Biroq, biz hali u nuqtada emasmiz", - dedi AQSh Davlat departamenti vakili Fox News telekanalining jonli efirida Ukraina atrofidagi vaziyatni sharhlar ekan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Amerika tomoni o‘t ochishni to‘xtatishga erishish yoki butun mojaroga <...> barham berish istagidan voz kechganini anglatmaydi.