Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiy-sanoat kompleksi Eron bilan mojaro davomida sarflangan raketalar zaxirasini ishlab chiqarish sur’atlari oshirilgan taqdirda ham yaqin yillarda to‘liq tiklay olmaydi.
Nashr yozishicha, RTX va Lockheed Martin kompaniyalarining zavodlari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Biroq ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaramay, yangi raketalar yaqin yillarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi mojarolarda qo‘llash uchun yetarli miqdorda tayyor bo‘lmaydi.