30 sentyabr kuni AQShning Iroqdagi so‘nggi harbiy xizmatchilari mamlakatni tark etdi. Shu tariqa 2003 yilda boshlangan «Iroq ozodligi» harbiy operasiyasidan 23 yil o‘tib, AQShning Iroqdagi harbiy missiyasi yakunlandi.
2003 yilda AQSh va uning ittifoqchilari Saddam Husayn rejimini ag‘darish maqsadida Iroqqa bostirib kirgan edi. AQSh hukumati Iroqda ommaviy qirg‘un qurollari mavjudligini ta’kidlagan, biroq keyinchalik bunday qurollar topilmadi.
Urush va undan keyingi yillarda minglab odamlar halok bo‘ldi. Iroqda 4431 nafar amerikalik harbiy xizmatchi ham halok bo‘lgan.
AQSh 2011 yilda qo‘shinlarini olib chiqib ketgan, biroq 2014 yilda «Islomiy davlat» (ID)ga qarshi kurashda Iroq kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yana mamlakatga qaytgan edi.
Vashington va Bag‘dod 2024 yilda AQShning Iroqdagi harbiy missiyasini bosqichma-bosqich tugatish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ayni paytda xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar AQSh qo‘shinlarining chiqib ketishi Eronning Iroqdagi ta’siri kengayishiga va ID jangilarining qayta faollashishiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.