Tramp qurolli kuchlar zaxiralari tarixda kuzatilmagan darajada to‘ldirilayotganini ma’lum qildi. U bu orqali armiyani dunyodagi eng kuchli kuchga aylantirishni maqsad qilganini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat qurolli kuchlari zaxiralari tarixda misli ko‘rilmagan darajada kengaytirilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot berdi.
Uning ta’kidlashicha, Amerika armiyasi o‘z tarixida bunchalik yirik qurol-yarog‘ jamg‘armagan. Trampning fikricha, bu harakat AQSh mudofaa qobiliyatini mutlaqo yangi bosqichga ko‘taradi va har qanday tahdidga tayyor holatni ta’minlaydi.
Shu bilan birga, AQSh rahbari arsenalda jamlanyotgan bu qurollardan foydalanishga hech qachon to‘g‘ri kelmasligiga umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchli armiya — tinchlik kafolati.
Qurol zaxiralarining to‘ldirilishi fonida Yevropa davlatlari ham o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha harakatni boshladi. Jumladan, Yevrokomissiya 4 mart kuni mudofaa sohasiga Yevropa Ittifoqi byudjeti hisobidan kamida 100 mlrd yevro sarmoya kiritishni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli rejani ishlab chiqqanini ma’lum qildi.
Mazkur jarayonlar AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan global xavfsizlik va strategik ustunlikni saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilmoqda.