Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh Qatardan Isroil va “Hizbulloh” muzokaralarida vositachilik qilishni so‘radi

AQSh Qatardan Isroil va “Hizbulloh” muzokaralarida vositachilik qilishni so‘radi

Qo‘shma Shtatlar Qatardan Livandagi “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishda yordam so‘radi. Bu haqda The Washington Post manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektoridagi sulh bo‘yicha muzokaralarda vositachilik qilgan Qatar Bayden ma’muriyatidan Isroil-Livan chegarasida “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi taranglikni kamaytirishga yordam berish so‘rovini olgan.

“Hizbulloh” vakiliga ko‘ra, G‘azoda vaqtinchalik o‘t ochish to‘xtatilsa, noyabr oyida G‘azoda bir haftalik tanaffus paytida bo‘lgani kabi guruh Livanda munosib javob qaytaradi. Shu bilan birga, u G‘azodagi urush butunlay tugamaguncha “Hizbulloh” kengroq kelishuvga rozi bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant va Amerika rasmiylari o‘rtasidagi shaxsiy uchrashuvlardan birida ishtirok etgan mulozimning aytishicha, Mudofaa vazirligi rahbari Eron va “Hizbulloh” Isroilga tahdid solayotganini aytgan.

Galant Eron “to‘satdan Isroilni yo‘q qilish uchun keng ko‘lamli urush boshlashi mumkin” degan fikrni bildirgan. Nashrga ko‘ra, bu mubolag‘a va Amerika razvedka ma’lumotlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Kiritildi: 17:10 29.06.2024. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!