Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Qarib dengiziga qo‘shimcha qo‘shin va samolyotlar yubordi

AQSh Qarib dengiziga qo‘shimcha qo‘shin va samolyotlar yubordi

AQSh shu haftada Karib dengiziga katta miqdordagi maxsus operasiya samolyotlari, qo‘shinlari va uskunalarini tashladi, deb yozmoqda Wall Street Journal manbalar va ochiq ma’lumotlarga tayanib. Bu AQShga Venesuelaga qarshi qaratilgan ehtimoliy harbiy harakatlar uchun qo‘shimcha variantlar beradi, deb yozadi gazeta.

WSJ manbalari va kuzatuv tizimlari ma’lumotlariga ko‘ra, 22 dekabr kuni mintaqaga kamida 10 ta CV-22 Osprey konvertoplanlari va C-17 yuk samolyotlari kelgan. Samolyotlarda harbiy xizmatchilar va jihozlar olib ketilgan, deya tasdiqladi nashr suhbatdoshlaridan biri. Samolyotlar qanday turdagi qo‘shinlar va jihozlarni tashigani noma’lum, deya ta’kidlaydi WSJ.

Oq uy va Pentagon so‘rovlarga javob bermadi.

«Ular operasiyalarni o‘tkazish uchun kuchlarni joylashtirmoqda», — dedi WSJ nashriga havo kuchlarining iste’fodagi general-leytenanti, Mitchell nomidagi aerokosmik tadqiqotlar instituti dekani Devid Deptula. Uning fikricha, bunday kuchlarning harakati AQSh ma’muriyati allaqachon harakatlar rejasini belgilab olganidan dalolat beradi. «Savol shuki, ular aynan nimaga erishmoqchi?» — dedi u.

AQShning Lotin Amerikasidagi harbiy harakatlari uchun mas’ul bo‘lgan AQSh janubiy qo‘mondonligi vakili nashrning qo‘shinlarning ko‘chishi haqidagi savollariga javob berishdan bosh tortdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «har qanday harbiy ob’ektlarda uskunalar va xodimlarni muntazam ravishda almashtirish odatiy holdir».

Kiritildi: 23:06 24.12.2025. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!