Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Putinning diplomatik g‘alabasini e’lon qildi

A A A
AQSh Putinning diplomatik g‘alabasini e’lon qildi

Afrika Ittifoqi rahbari va Senegal prezidenti Makki Sallning Moskvaga tashrifini Vladimir Putinning diplomatik g‘alabasi deb atash mumkin, dedi CNN telekanali muxbiri Devid Makkenzi.

“Afrikaning bir qancha davlatlari don, kungaboqar yog‘i va o‘g‘it importi bo‘yicha Ukrainaga ham, Rossiyaga ham bog‘liq”, — deb ta’kidladi u.

Shuning uchun ular BMTning Rossiya harakatlarini qoralovchi rezolyusiyasini qo‘llab-quvvatlashdan o‘zlarini tiyishdi. Jurnalistning fikricha, buni Putinning diplomatik g‘alabasi ham deyish mumkin.

Agar Afrika Ukraina yoki Rossiyadan g‘alla ololmasa, bu oziq-ovqat narxining kuchli oshishiga olib keladi va uning ushbu qit’ada mavjudligiga shubha tug‘dirishi mumkin, deya xulosa qildi Makkenzi.

Juma kuni Putin va Sall o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Senegal prezidenti G‘arbni Rossiyaga qarshi sanksiyalardan g‘alla va o‘g‘itni olib tashlashga chaqirdi, chunki ularga kirish imkoni yo‘qligi oziq-ovqat sohasidagi vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.

Kiritildi: 17:20 04.06.2022. O'qildi: 10365 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik