AQSh Rossiyaning “Oreshnik” tizimlaridan foydalanishiga javoban Polsha yoki Ukrainada B-61 yadro bombalarini joylashtirishi mumkin. Bu haqda The National Interest nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, dunyodagi vaziyatning rivojlanishini hisobga olib, bu variantni istisno qilib bo‘lmaydi.
Biroq tahlilchilar Polshada AQSh yadroviy qurollarini joylashtirish ehtimoli ko‘proq deb hisoblashadi, chunki Polsha NATO'ning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi.