Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh osiyolik besh futbolchiga viza bermadi

AQSh osiyolik besh futbolchiga viza bermadi

Iroq terma jamoasining 5 nafar futbolchisiga AQSh viza berishdan bosh tortgan.

Iroq matbuoti ma’lumotlariga qaraganda, AQSh hukumati terma jamoaning 5 nafar futbolchisiga viza bermagan. Qayd etilishicha, bu muammo Osiyo va Afrikaning ba’zi bir terma jamoalari futbolchilariga ham ta’sir qilishi mumkin. Iroq terma jamoasi mundialning "I" guruhidan joy olgan va ularga Fransiya, Senegal hamda Norvegiya raqiblik qiladi. Ular 2ta uchrashuvini AQShda va yana 1 bahsni Kanadada o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslari 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!