Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh nimalardan xavotirda?

AQSh nimalardan xavotirda?

AQSh nimalardan xavotirda: Pentagon mamlakatning yangi mudofaa strategiyasini e’lon qildi.

Hujjatdagi asosiy xavfsizlik yo‘nalishlari va global tahdidlar quyidagicha baholangan:

Rossiya:
▪️Uzoq muddatli harbiy harakatlar olib borish uchun yetarli siyosiy va harbiy qat’iyatga ega;
▪️Ziddiyatli vaziyatga qaramay, muhim harbiy va sanoat salohiyatini saqlab qolmoqda;
▪️Dunyodagi eng yirik yadroviy arsenalga ega va uni modernizasiya qilmoqda;
▪️NATOning sharqiy a’zolari uchun doimiy, biroq nazorat qilinadigan tahdid sifatida baholanadi.

Yadroviy barqarorlik masalasi:
▪️AQSh o‘z yadroviy kuchlarini yangilash va moslashtirishni davom ettiradi.

Evropa:
▪️O‘z mudofaasi uchun asosiy mas’uliyatni zimmasiga olishi lozim;
▪️Ukraina mojarosida tinchlikni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashda yetakchi rol o‘ynashi kerak;
▪️AQSh Yevropaga muhim harbiy yordam beradi, biroq boshqa yo‘nalishlarda ishtirokini cheklaydi.

Xitoy:
▪️AQSh Xitoyda hokimiyat almashuviga intilmaydi;
▪️Amerikaliklar uchun qulay sharoitlar yaratilishini talab qiladi;
▪️Uzoq masofaga zarba berish imkoniyatlariga ega.

KXDR:
▪️Yadroviy salohiyati kengayib bormoqda;
▪️AQSh uchun jiddiy tahdid sifatida baholanadi.

Grenlandiya:
▪️AQSh uchun muhim strategik hudud;
▪️Ushbu hududga AQSh harbiylari kirishi kafolatlanishi zarur.

Kiritildi: Bugun 11:42. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!