Qo‘shma Shtatlar Nevadadagi yadroviy sinov poligonida xorijdagi ehtimoliy yadroviy sinovlarni aniqlashga mo‘ljallangan sensorlarni kalibrlash bo‘yicha tajriba o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Milliy yadroviy xavfsizlik ma’muriyati rahbari va AQSh energetika vaziri o‘rinbosari Brendon Uilyams ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tajriba yadroviy portlash bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Unda yadroviy materiallar o‘rniga ko‘p tonna kimyoviy portlovchi moddalardan foydalaniladi.
«Bu kuzda biz portlovchi moddalarni sensorlar bilan o‘ralgan holda portlatamiz. Maqsad — yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani buzishi mumkin bo‘lgan davlatlarni aniqlash imkoniyatimizni yanada takomillashtirish», — dedi Uilyams.