Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh neft kompaniyalari global yoqilg‘i inqirozi boshlanganini e’lon qildi

AQSh neft kompaniyalari global yoqilg‘i inqirozi boshlanganini e’lon qildi
Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi. Qayd etilishicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozining uzoq muddatli to‘sib qo‘yilishi va Saudiya Arabistonidagi Sharq — G‘arb neft quvuriga qilingan hujum neft ta’minotida jiddiy uzilishlarga olib keldi. "Narx va ta’minot bo‘yicha xatarlarni yumshata oladigan mexanizmlar asosan tugab bitgan va hozirda Eron bilan ziddiyat boshlangan davrdagi hajmda zaxiralar yo‘q", — deb ta’kidlaydi Chevron rahbari Mayk Virt. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, jahon yoqilg‘i bozoridagi vaziyatni tankerlarga qilingan hujumlar hamda Xitoy o‘z zaxiralaridan foydalanganidan so‘ng neft xaridini oshirgani yanada murakkablashtirmoqda. Bundan tashqari, Yaqin Sharq va Ukrainadagi jangovar harakatlar vaqtida neftni qayta ishlash zavodlari faoliyati to‘xtagani sababli dizel yetkazib berish cheklangan. Chevron kompaniyasi rahbarining ogohlantirishicha, vaziyatning tez orada yaxshilanishi uchun sabablar hozircha mavjud emas.
Kiritildi: 15:10 16.09.2026. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!