AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorladi, uni amalga oshirish Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayoniga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent Reuters agentligiga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington yirik iqtisodiyotga qarshi qo‘llanilgan eng katta sanksiyalar paketini ishlab chiqqan va uning joriy etilishi muzokaralar stolidagi taraqqiyotga bevosita bog‘liq.
Bessent, shuningdek, AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish maqsadida «soya floti»ga qarshi qo‘shimcha cheklovlar joriy etish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotganini bildirdi.