Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSH-Meksika chegarasida otishma yuz berdi

A A A
AQSH-Meksika chegarasida otishma yuz berdi

AQSh - Meksika chegarasida chegarachilar va muhojirlar o‘rtasida otishma yuz berdi , deb xabar bermoqda Fox News .

Qayd etilishicha, bir guruh noqonuniy muhojirlar chegarani kesib o‘tishga uringan, natijada AQSh chegara xizmati xodimlari o‘t ochishgan va ularni to‘xtatgan. Telekanal xabariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

Otishma Fronton oroli yaqinida sodir bo‘lgan. U Amerika Qo‘shma Shtatlari va Meksika o‘rtasidagi chegarani belgilovchi Rio Grande daryosida joylashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishmada qatnashgan muhojirlar giyohvand moddalar karteli a’zolari bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 14:51 28.01.2025. O'qildi: 1548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!