Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh maxsus xizmatlari rahbarlari Senat oldida hisobot berdi

AQSh maxsus xizmatlari rahbarlari Senat oldida hisobot berdi

Qo‘shma Shtatlarning bir nechta maxsus xizmatlari, jumladan Milliy razvedka rahbari Tulsi Gabbard va Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) direktori Jon Retkliff Senatda yuqori palataning tegishli qo‘mitasi a’zolari oldida hisobot berdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi kuch tuzilmalari tomonidan tayyorlangan va Vashington uchun asosiy global tahdidlarni sanab o‘tuvchi yangi hisobot bo‘lishi kerak edi.

Biroq bir kun oldin yuzaga kelgan yirik mojarodan so‘ng, senatorlarni asosan The Atlantic nashrida e’lon qilingan shov-shuvli maqola tafsilotlari qiziqtirdi. Gap Tramp ma’muriyati a’zolarining Signal messenjerida AQShning Yamandagi husiylarning pozisiyalariga ehtimoliy harbiy zarbasi yuzasidan muhokama olib borganliklari haqidagi fosh qiluvchi material haqida ketmoqda.

Senatning razvedka qo‘mitasi a’zolari bu holatni ckatta xato" deb atab, barcha tegishli maxsus xizmatlardan "ulkan muvaffaqiyasizlik" uchun rasman uzr so‘rashni talab qildi.

Kiritildi: 10:10 26.03.2025. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!