Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Livan bo‘yicha kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi

AQSh Livan bo‘yicha kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi

Rubioning aytishicha, kelishuv «Hizbulloh»ni qurolsizlantirish va Isroilni o‘z chegaralariga qaytarishni nazarda tutadi.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio shu kuni imzolangan Isroil va Livan o‘rtasidagi ramkaviy kelishuv tafsilotlarini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv Livan suverenitetini tiklash, «Hizbulloh»ni qurolsizlantirish va uning infratuzilmasini tugatish uchun «aniq va tizimli jarayon»ni belgilaydi. Rubio ta’kidlashicha, xavf bartaraf etilgach, Isroil qo‘shni davlat hududlarini tark etib, o‘z xalqaro tan olingan chegaralariga qaytadi.

Kelishuv, shuningdek, AQSh vositachiligida Livan bo‘yicha uch tomonlama harbiy muvofiqlashtiruv guruhini tashkil etishni ham nazarda tutadi. Ushbu guruh yangi mexanizmni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Rubioning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv Livan uchun «uzoq yillik inqirozdan chiqishning haqiqiy yo‘li»ga aylanishi mumkin.

Shu bilan birga, Vashington BMT bilan muvofiqlashtirilgan holda gumanitar yordam uchun 100 million AQSh dollari, shuningdek, Livan armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 30 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini e’lon qildi.

Kiritildi: 23:58 27.06.2026. O'qildi: 1447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!