LRT ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Litvadagi navbatdagi rotasiya muddati yakunlanganidan so‘ng o‘z harbiylarini mamlakatdan olib chiqishni boshladi.
Xabarda aytilishicha, mingdan ortiq amerikalik harbiy xizmatchi va harbiy texnika rotasiya dasturi tugagach Litvani tark etmoqda.
Shu bilan birga, Litva hukumati avvalgi kontingent o‘rnini egallaydigan yangi Amerika harbiylari guruhini qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Biroq Vashingtonning Yevropadagi harbiy rejalari qayta ko‘rib chiqilayotgani sababli, navbatdagi kontingentning qachon va qanday tarkibda joylashtirilishi hozircha aniq emas.