Tramp shu bilan birga, Eron bilan muzokaralar samarali davom etayotganini ta’kidladi. Biroq u Eron Isroil va AQSh uchun xavf sifatida ko‘rilayotgan yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerakligini yana bir bor qayd etdi.
The Guardian nashrining yozishicha, AQSh prezidenti urushni davom ettirish muddatlari borasida bir necha bor turlicha bayonotlar bergan. Sentyabr oyi boshida AQSh va Eron o‘rtasidagi o‘zaro zarbalar yangilanganidan keyin Tramp bo‘lajak saylovlar uning qarorlariga ta’sir qilmasligini aytgan.
Bir hafta o‘tgach, Respublikachilar partiyasi tadbirida ishtirok etgan prezident Erondagi urush ovoz berish jarayoni yakunlanganidan so‘ng deyarli darhol tugashini bildirgan.
Avvalroq AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens urushni to‘xtatish uchun Eron uranni boyitish imkoniyatlarini sezilarli darajada qisqartirishi kerakligini aytgan edi.